Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-12

O‘zbek ayollariga biznes asoslari bo‘yicha ta’lim beriladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o‘zbek ayollariga biznes asoslari bo‘yicha ta’lim berishni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar beradi payshanba, 12-iyul kuni O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

“2018-2020-yillarda xotin-qizlar uchun biznes ta’lim tizimini takomillashtirish" dasturi mamlakatda ayollar uchun biznes ta’limini yaxshilash, ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ushbu loyihaga mamlakatning 180 ta tuman va shahri qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha dasturi to‘rtta sohani qamrab oladi, bular: “Biznesni rejalashtirish va moliyaviy savodxonlik”, “Biznesni samarali boshqarish”, ”Raqobatbardoshlik va mahsulotni bozorga munosib taqdim etish”, "Tadbirkorlik faoliyatini yuritish: ayol, oila, biznes, urf-odat va zamonaviylik”.

Loyiha doirasida 78 000 nafar xotin-qizga biznes asoslari bo‘yicha bilim beriladi, 50 000 ta yangi ish o‘rni yaratilib, qishloq joylarida qiyin ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi hamda ularga psixologik va iqtisodiy yordam ko‘rsatiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha