Karvonsaroy

Nazarboyev Qozog‘iston xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qiladi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev 5-iyul kuni uning mamlakat xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilishini ko‘zda tutuvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi payshanba, 12-iyul kuni xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasi “Xavfsizlik kengashi to‘g‘risida”gi qonun may oyida parlament tasdig‘idan o‘tgan edi. U 12-iyul kuni mamlakat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kirgan.

78 yoshli Nazarboyev 1991-yilgi Sovet Ittifoqi parchalanishidan avval hokimiyat tepasiga kelgan sobiq sovet respublikalari yetakchilarining so‘nggisi hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500