Karvonsaroy

Qizlarga fan va texnologiyalar bo‘yicha ta’lim berishga oid o‘zbek loyihasi AQSH grantini qo‘lga kiritdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonning fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida qizlarning rolini oshirishga qaratilgan “Technovation” loyihasini moliyalashtiradi. Bu haqda 10-iyul kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi. Grant miqdori ma’lum qilinmagan.

Loyiha AQSH Davlat departamentining 2018-yilgi Alumni Engagement Innovation Fund (Almashuv dasturlari qatnashchilari uchun grant dasturi) tanlovida g‘olib bo‘lgan 70 loyihaning biridir. Tanlovda qatnashish uchun jami 1300 ta ariza yuborilgan edi.

Loyiha AQSH Davlat departamentining STEM bo‘yicha Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi ayol yetakchilarni qo‘llab-quvvatlaydigan TechWomen almashinuv dasturining bir guruh bitiruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bitiruvchilar bilan bir qatorda biznes yetakchilar, o‘qituvchilar, talabalar va boshqa mutaxassislardan iborat maslahatchilar 10-18 yoshli qizlarga mo‘ljallangan Technovation musobaqasida mahalliy qizlar jamoalarining qatnashishi uchun ularga murabbiylik qiladilar.

Musobaqa “yosh ayol-qizlarni o‘z jamiyatlaridagi muammolarni texnologiya va tadbirkorlik orqali hal qilishga ilhomlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi bayonotda.

AQSH Davlat departamentining AEIF – Almashuv dasturlari qatnashchilari uchun grant dasturi 2011-yildan beri AQSH almashinuv dasturlarining ishtirokchi jamoalariga kichik grantlarni ajratib keladi. U hozirga qadar dunyo bo‘ylab 360 ta tashabbus va loyihani qo‘llab-quvvatlagan, deyiladi bayonotda.

Bu yilgi musobaqa mavzulari quyidagicha bo‘ldi: iqtisodiy farovonlikni oshirish; fuqarolik ishtiroki, mustahkam hokimiyat va jamiyat barpo etish; fan, texnologiya, salomatlik va innovatsiyani rivojlantirish; inklyuziv ta’lim va o‘qitish imkoniyatini rag‘batlantirish hamda ayol va qizlarga imkoniyatlar yaratish.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500