Karvonsaroy

Poraxo‘rlikda ayblangan bishkeklik tergovchi uy qamog‘iga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iz rasmiylari pora olishda qumon qilingan Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasi tergovchisini uy qamog‘iga joylashtirdilar, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Sverdlovsk tumani tergovchisi bo‘lib ishlagan organ xodimi Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda tergov bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Cho‘lpanbay Sotibaldiyev dushanba, 16-iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha Davlat xizmati ushbu ish yuzasidan tergov boshlagan.

“Tergovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Shuningdek, ichki tekshiruv ishlari ham olib borilgan. Natijada, biz xodimni ishdan bo‘shatishga qaror qildik”, dedi Satibaldiyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500