Karvonsaroy

Nazarboyev tadbirkorlarni Pavlodar viloyatiga sarmoya kiritishga chaqirdi

Karvonsaroy

PAVLODAR, Qozog‘iston – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Pavlodar viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishga chaqirdi, deb xabar beradi Kazinform seshanba, 17-iyul kuni.

“Investitsiya jalb qilish – ustuvor masala”, dedi Nazarboyev Pavlodar shahrida o‘tgan viloyatni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuvda.

“Kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish dolzarb muammo bo‘lib turibdi”, dedi Nazarboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi kunda kichik va o‘rta biznes korxonalarining viloyat taraqqiyotidagi ulushi 17 foizni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘yicha bu boradagi o‘rtacha ko‘rsatkich esa 27 foizga teng”.

“Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida ijobiy dinamika kuzatilmoqda”, dedi u.

Uning aytishicha, Pavlodar viloyati iqtisodiyotida sanoatning ulushi qariyb 50 foizni tashkil etmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500