Karvonsaroy

Navoiy shahrida yoshlarga oid davlat dasturi muhokama qilindi

Karvonsaroy

NAVOIY, O‘zbekiston – O‘zbek rasmiylari yoshlarga oid davlat dasturining amalga oshirilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi, deb xabar berdi 17-iyul, seshanba kuni O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Navoiydagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘zbekistonlik ishbilarmonlar, bank, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlari, yoshlar faollari va OAV vakillari qatnashdilar.

Davlat dasturi yoshlar orasida ishsizlikka barham berish, ijtimioy himoyani kuchaytirish va tadbirkorni rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida Navoiy viloyatining shahar va tumanlarida 88 ta ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruhlar joylarda yoshlarga oid muammolarni o‘rganib, ularga yechim topishga harakat qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500