Karvonsaroy

O‘zbekiston va AQSH elchilari Afg‘onistonda muzokara o‘tkazdilar

Karvonsaroy

TOSHKENT – Chorshanba, 18-iyul kuni Toshkentda o‘zbek va AQSH elchilari Afg‘oniston masalasini muhokama qildilar, deb xabar berdi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev va AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Tashqi ishlar vazirligida uchrashdilar.

Tomonlar Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi Toshkent deklaratsiyasining ijrosini muhokama qilganlar. Ushbu hujjat Afg‘onistonda 27-mart kuni o‘tkazilgan anjuman davomida qabul qilingan edi.

Uchrashuvda AQSH-O‘zbekiston aloqalariga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500