Karvonsaroy

Gazprom Tojikistondan ketmoqchi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Rossiyaning davlat nazoratidagi “Gazprom” kompaniyasi Tojikistonni tark etmoqda. Asia-Plus nashri xabariga ko‘ra, bu haqda Tojikiston geologiya bosh boshqarmasi raisining o‘rinbosari Rahmonbek Baxdavlatov ma’lum qilgan.

Uning chorshanba, 18-iyun kungi xabariga ko‘ra, boshqarma bir oy oldin Sariqamish gaz konlaridan “Gazprom”ning mamlakatni tark etayotganiga ishora qiluvchi birlamchi materiallarni olgan.

Eskirgan texnologiya va tajribasizlik sababli Tojikiston o‘zidagi neft va gaz zahiralarini mustaqil ravishda qazib olishga qodir emas, dedi Baxdavlatov.

“Biz “Gazprom”ga, uning ishlab chiqarish quvvatlariga umid qilgandik”, deydi Baxdavlatov. “Ular birgina quduqni burg‘ilab, Tojikistonda neft va gaz yo‘q ekan, deyishdi”.

“Gazprom” 2016-yil avgustda Sariqamish va G‘arbiy Shohambari gaz konlarini tadqiq qilish va o‘zlashtirish bo‘yicha oxirgi ikki litsenziyasini topshirishi haqida e’lon qilgandi. Litsenziyalar muddati 15-sentabr kuni tugaydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500