OLMAOTA – Huquq-tartibot idoralari Olmaotada qozog‘istonlik figurist Denis Tenni pichoqlaganlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar berdi juma, 20-iyul kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) olmaotalik prokuror Berik Juiriktayevga asoslanib.
25 yashar Ten 19-iyul, payshanba kuni Olmaotada mashinasining yon oynalarini o‘g‘irlashga uringan ikki shaxsga qarshilik ko‘rsatgan vaqtda bir necha bor pichoqlangan. U olingan jarohatlar tufayli kasalxonada vafot etgan.
Ichki ishlar organlari Jambil viloyatidan bo‘lgan, 1994-yilda tug‘ilgan Nurali Qiyasovni hibsga olgan, dedi Juiriktayev juma kuni. U gumondorning o‘z aybiga iqror bo‘lganini qo‘chimcha qilgan.
Olmaota ichki ishlar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, ikkinchi gumondorning ham shaxsi aniqlangan bo‘lib, ayni vaqtda u qidirilmoqda.
Ten 2014-yilda bo‘lib o‘tgan Sochi olimpiyadasida bronza medali sovrindori bo‘lgan. Bu bilan u olimpiyadada medal olgan ilk qozog‘istonlik figurali uchuvchi bo‘lgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda butun dunyodan ko‘plab sportchilar uni maqtovlar bilan yod etganlar.