Karvonsaroy

Dushanbe Moskvada o‘ldirilgan 5 yashar tojikistonlik qizaloq uchun adolat talab qilmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston tashqi siyosat mahkamasi 25-iyul, chorshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yo‘lladi, unda shu hafta boshida Moskvada o‘ldirilgan besh yashar qizaloqning qotiliga “og‘ir jazo” tayinlash talab qilingan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Besh yashar Huvaydo Tillozoda tojikistonlik migrantlarning qizi bo‘lib, 22-iyul, yakshanba kuni yo‘qolgan edi. U Moskva janubida joylashgan Serpuxovda zo‘rlangan va pichoqlab ketilgan.

Otasi chorshanba kuni qizning jasadini Tojikistonga olib ketgan.

“Tojikiston hukumati Rossiya Federatsiyasini yosh bolaga nisbatan sodir etilgan bu mudhish jinoyatni tergov qilishni va jinoyatchiga og‘ir jazo tayinlashni talab qiladi”, deyiladi Tojikiston tashqi ishlar vazirligining bayonotida.

Qurbonning oilasi bilan bir binoda yashovchi 27 yashar gumondor qo‘lgan olingan, deb xabar berdi 23-iyul, dushanba kuni Rossiya tergov qo‘mitasining hududiy bo‘limi.

Qo‘shnilardan biri 2017-yilda gumondor uning qizi va boshqa bir qizni zo‘rlashga harakat qilgani haqida politsiyaga xabar bergan.

24-iyul, seshanba kuni Moskva viloyati politsiyasi 2017-yilgi mazkur shikoyat bo‘yicha ichki tergov boshlagani haqida ma’lum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500