BISHKEK – Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakov 25-iyul, chorshanba kuni Bishkekda Qirg‘iziston bosh shtabi rahbari Rayimberdi Duyshenbiyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosi.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar hamda razvedka sohasidagi hamkorlikka oid shartnomani imzoladilar, deb xabar berdi Qirg‘iziston mudofaa vazirligi.
Bu 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Qozog‘iston mudofaa mahkamasi rahbarining Qirg‘izistonga ilk tashrifi bo‘ldi.