Karvonsaroy

Afg‘onistondagi ID safiga qo‘shilishga uringan tojik yoshlari qo‘lga olindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston huquq-tartibot idoralari tojik-afg‘on chegarasidagi Xatlon viloyatida dushanbelik 4 nafar maktab o‘quvchisini qo‘lga oldilar. Ular Afg‘onistondagi “Islom davlati” (ID) guruhiga qo‘shilishga harakat qilganlar, deb xabar beradi Asia-Plus.

“17-18 yashar to‘rt nafar maktab o‘quvchisi Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tishga uringan vaqtda qo‘lga olindi”, dedi 25-iyul, chorshanba kuni jurnalistlarga narkotiklarni nazorat qilish boshqarmasining Ko‘lob bo‘limi rahbari Muhabbat Abdullozoda.

Hibslar sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

“Aniqlanishicha, ular ID terrorchilik guruhiga qo‘shilishga uringanlar”, dedi u. Rasmiylar bolalarning Afg‘onistondagi ID a’zolari bilan telefon suhbati orqali ularning rejalaridan voqif bo‘lganlar.

Ayni paytda tergov davom etmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500