Karvonsaroy

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Vashingtonga keldi

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov diniy erkinlikni kuchaytirish bo‘yicha vazirlar anjumanida qatnashish uchun Vashingtonga tashrif buyurdi. Bu haqda payshanba, 26-iyul kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

AQSH davlat departamenti mezbonligidagi anjuman 25-26-iyul kunlariga belgilangan edi.

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo taklifiga binoan Vashingtonga kelgan Abdrahmonov chorshanba, 25-iyul kuni anjuman oldidan AQSH davlat departamenti rasmiylari bilan uchrashdi.

Tomonlar Qozog‘iston-AQSH munosabatlari va ikki mamlakatning siyosiy-iqtisodiy hamkorligini muhokama qildilar. Ular, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning yanvar oyida Vashingtonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ko‘rib chiqdilar, deyiladi bayonotda.

Abdrahmanov AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashar ekan, Qozog‘istondagi qulay biznes muhitini va AQSH investitsiyalari hajmining ortganini ta’kidlab o‘tdi.

U Qozog‘istonning mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, shuningdek, ishlab chiqarish, transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun Amerika tajribasini va kapitalini jalb qilishga tayyorligini bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500