DUSHANBE – Tojikistonning “Tajik Air” milliy aviakompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand shahriga uzluksiz parvozlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi Asia-Plus.
Kompaniya xabarida aytilishicha, ilk reys shanba, 28-iyul kuniga belgilangan. Keyingisi esa 4-avgust kuni amalga oshiriladi.
Aprel oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi Toshkent va Dushanbe o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygandi. Havo aloqasi tiklanguniga qadar, ikki poytaxt o‘rtasida 1992-yildan beri uzluksiz reyslar bo‘lmagan.