Karvonsaroy

Bishkekda odam savdosi qurbonlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Dushanba, 30-iyul kuni Bishkekda Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan san’at ko‘rgazmasi ish boshladi, deb xabar beradi AKIpress axborot agentligi.

Ochiq maydonda tashkil etilgan ko‘rgazma “Yaxshiroq hayot ilinjida” deb nomlangan bo‘lib, unda xorijdagi migrantlar hayoti va turmush sharoitlari tasvirlangan.

“Odam savdosiga qarshi birgalikda” shiori o‘stidagi tadbir jamoatchilikni odam savdosi xavflari va oqibatlaridan ogoh etishga qaratilgan.

Ko‘rgazma BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi, Qirg‘iziston davlat migratsiya xizmati, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Bishkekdagi idorasi, BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi, BMTning xalqaro mehnat tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500