Karvonsaroy

Tojikistondagi sayyohlar o‘limida bir nechta ijrochilar ayblanmoqda

Karvonsaroy va AFP

DUSHANBE – 30-31-iyul, dushanba va seshanba kunlari Tojikistonda xorijiy velosayyohlarga qarshi hujum bilan bog‘liq voqea yanada noxush tus oldi. “Islom davlati” hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi bilan birga, Tojikiston hukumati Eron va taqiqlangan muxolifat partiyasini hujumni rejalashtirganlikda aybladi.

29-iyul, yakshanba kuni, Dushanbedan qariyb 100 km uzoqlikdagi Dang‘ara tumanida to‘rt sayyoh – ikki amerikalik, Shveytsariya va Daniya fuqarolarini mashina urgan va ularga hujum qilingan edi. Aytilishicha, qotillar sayyohlarni urib ketgan mashinadan chiqishgan. Yana ikki nafar sayyoh jarohat olgan va bir kishi hujumdan qochib ulgurgan.

Huquq-tartibot xodimlari to‘rt nafar gumondorni o‘ldirgan va yana to‘rt kishini hibsga olgan.

Dushanba kuni e’lon qilingan bayonotda ID voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Ammo, u Suriya va Iroqdagi hududlarini boy bergani sababli 2017-yil oktabri va 2017-yil iyun oyida, mos ravishda Las Vegas va Manilada yolg‘iz hujumchi tomonidan uyushtirilgan, o‘zi aloqador bo‘lmagan hujumlarni ham zimmasiga olgan edi.

Seshanba kuni Tojikiston huquq-tartibot organlari ID bayonotini e’tiborsiz qoldirib, hujumga rahbarlik qilgan 33 yashar Hussayin Abdusamadov taqiqlangan muxolifat partiyasi a’zosi bo‘lgani va Eronda “harbiy qo‘poruvchilik” tayyorgarligidan o‘tganini aytganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500