Karvonsaroy

Yevropa taraqqiyot banki prezidenti o‘zbek rasmiylari bilan muzokara o‘tkazdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti Suma Chakrabarti seshanba-chorshanba (31-iyul – 1-avgust) kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari Suhrob Xolmurodov, Alisher Sultonov va Jamshid Qo‘chqorovlar bilan muzokara o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deyiladi YTTB bayonotida.

Chakrabarti xususiy kompaniyalar bilan kredit bitimlari, shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan “energetika va energiya samaradorligini qo‘llab-quvvatlashga oid investitsiyalar, xususiylashtirish va kapital bozorini rivojlantirishga qaratilgan” o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashi kutilmoqda, deb xabar berdi YTTB.

YTTBning Toshkentdagi ofisi o‘tgan yilning noyabr oyida, 2016-yilda prezident sifatida ish boshlagan Mirziyoyev maqsadli islohotlarni amalga oshirishga kirishganidan so‘ng qayta ochilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500