Karvonsaroy

Qirg‘izistonda mehribonlik uylari va maktab-internatlar isloh qilinadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning idorasi mehribonlik uylari va davlat internat-maktablari tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspertlar ishchi guruhini tuzdi, deb xabar beradi 24.kg nashri chorshanba, 1-avgust kuni.

Tizim ota-onalari turli sabablarga ko‘ra tarbiyalay olmaydigan bolalarni parvarishlashga qaratilgan.

Guruh, jumladan, maktab-internatlarni optimallashtirish, hukumatning bolalar manfaatlarini ilgari surish va bola huquqlarini himoya qilishga oid siyosatini amalga oshirish yo‘llarini o‘rganadi.

Ekspertlar guruhi davlat mansabdor shaxslari va bolalar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan nohukumat tashkilotlari vakillaridan iborat.

Bishkekdagi “Bola huquqlari himoyachilari ligasi” nodavlat tashkiloti rahbari Nozgul Turdibekova 19-iyul kuni Jeenbekov bilan uchrashuv chog‘ida bolalar va oilalar huquqlarini himoya qilish masalasini ko‘targan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500