Karvonsaroy

Velosayyohlarning o‘ldirilishi ortidan Tojikistonda turistik politsiya tuzilmoqda

AFP

DUSHANBE – Tojikiston hukumati chorshanba, 1-avgust kuni “Islom davlati” (ID) tarafidan amalga oshirilgani iddao qilingan hujum tufayli 4 nafar velosayyohning o‘ldirilishi ortidan “sayyohlik politsiyasini” tashkil etishga va’da berdi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon “jamoatchilik tartibini saqlash va sayyohlar xavfsizligini himoya qilish”, shuningdek, “jinoyatlarning oldini olish” bilan shug‘ullanuvchi kuchlarni tashkil etishga buyruq bergan, deb yozadi davlat OAV.

Ushbu chora yakshanba, 29-iyul kuni Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida xorijlik velosipedchilar qurollangan to‘da hujumiga uchraganidan so‘ng qabul qilingan. Hujum oqibatida ikki amerikalik, bir Shveytsariya va Daniya fuqarosi o‘ldirilgan. Sayyohlardan ikki nafari jarohat olgan, biri hujumdan omon qolgan.

Hujum bilan bog‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ID guruhi videolavha e’lon qilgan bo‘lib, unda qotillikda gumon qilinganlarga o‘xshash besh nafar shaxs ID rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiyga sodiqlikka qasamyod qilgan.

Politsiya videolavha ishtirokchisi deb gumon qilingan 4 kishini o‘ldirgan, beshinchi gumondor qamoqqa olingan. Hozirga qadar 5 kishi hibsga olindi.

Tojikistonda 2018-yil “Turizm yili” deb e’lon qilingan bo‘lib, rasmiylar sahhoylar sonining oshishini kutmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500