Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-02

O‘zbekistonda zararni to‘liq qoplamasdan yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba, 1-avgust kuni mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamay turib, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishni taqiqlovchi farmonni imzoladi, deb xabar berdi payshanba, 2-avgust kuni Farg‘ona News agentligi.

Unga ko‘ra, yer uchastkalarining noqonuniy olib qo‘yilishi natijasida mulkdorlarga yetkazilgan zarar tegishli organlarning mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Shu kungacha O‘zbekistonda yerlarning olib qo‘yilishi mojaroli holat bo‘lib kelgan. Sababi, ushbu soha qonunchilikda yetarlicha tartibga solinmagan edi, deyiladi Farg‘ona News xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 1

Captcha
Имамов Юсуфжон | 2018-08-03

Yaxshiroq fikrlar keyinroq keladi, boshqacha aytganda, hechdan ko‘ra kech yaxshi.. Bu qonun teskari kuchga ham egami?

Javob berish