Karvonsaroy

O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil etish jarayoni soddalashtirildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 1-avgust, chorshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma korxonalar tashkil etish yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirishga oid farmonni imzoladi, deb xabar berdi 2-avgust, payshanba kuni Farg‘ona News nashri.

Ushbu chora-tadbirlar qo‘shma korxona ustav kapitalida xorijiy investitsiyalarning eng kam ulushini 30% dan 15% gacha qisqartirish, shuningdek, qo‘shma korxona ustav kapitalining minimal hajmini 600 million so’mdan (770 000 AQSH dollari) 400 million so‘mgacha (510 000 AQSh dollari) kamaytirishni o‘z ichiga oladi.

Farmonda bu islohotlar qachondan kuchga kirishi aytilmagan.

Mazkur choralar O‘zbekistonning investitsiya muhitini yaxshilash va to‘g‘ridan-to‘gri investitsiyalarni jalb qilish borasidagi sa’y-harakatlarning bir qismi hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Menga xamkor kerak

Javob berish

zur mang yoqdi

Javob berish

510 ming dollar qaysi kurs boʻyicha?????

Javob berish

Men kareya respublikasida investitr olib kirmoqchiman faqat eksport import soxasida

Javob berish