Karvonsaroy

Dushanbe-Buxoro aviareysi chorak asrlik tanaffusdan so‘ng qayta tiklandi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanba, 6-avgust kuni Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasi chorak asrdan beri ilk marotaba Dushanbedan Buxoroga tijoriy reysni amalga oshirdi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

2017-yilning aprel oyidan beri Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi ortidan Dushanbe va Toshkent hamda Dushanbe va Samarqand shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklangan edi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1992-yilda Tojikistonda fuqarolar urishi boshlangani sababli to‘xtab qolgan edi.

Dushanbe-Buxoro reyslarining davriyligi haqida ma’lumot berilmagan. Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi tojik xizmati xabariga ko‘ra, chipta narxi 485 somoniyni (51 AQSH dollari) tashkil etadi. Xabarlarga ko‘ra, hozirgi paytda ikki mamlakat aviakompaniyalari O‘zbekiston shaharlarini Tojikistonning Boxtar (Qo‘rg‘ontepa) va Ko‘lob shaharlarini bilan bog‘lovchi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500