Karvonsaroy

Faollar: Bishkekning yangi hokimi qirg‘iz tilini talab darajasida bilmaydi

Karvonsaroy

BISHKEK – Bishkekning yangi hokimi qirg‘iz tilini qonun talab qilgan darajada bilishini isbotlay olmadi – bu haqda uning saylanishiga qarshi bo‘lgan faollar ma’lum qilishgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi chorshanba, 8-avgust kuni.

Bishkek hokimini saylaydigan shahar kengashi chorshanba kuni 43 ga 1 ovozlar nisbati bilan yagona nomzod Aziz Surakmatovni ushbu lavozimga tasdiqladi. U hukmron sotsial-demokratik partiya nomzodi bo‘lgan.

Faollar bir nech haftadan beri boshqa nomzodlarning yo‘qligidan shikoyat qilib kelayotgan edilar. Noroziliklar Surakmatovning hokim etib saylanganidan so‘ng boshlangan.

Surakmatovning tanqidchilari, shuningdek, umumxalq saylovlarida Bishkek hokimini saylashga uringan edilar. Ular rus tilini yaxshi biladigan Surakmatovdan qirg‘iz tilini qanchalik yaxshi bilishini ham ko‘rsatishni talab qilishgan.

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Surakmatovni qirg‘iz tilini talab darajasida biladi, deb topgan. Ammo qonunga ko‘ra, test “Qirg‘iztest” idorasi tomonidan o‘tkazilishi kerak edi. Bu haqda jurnalist Kanishay Mamirqulova ma’lum qildi, deb xabar beradi payshanba, 9-avgust kuni 24.kg nashri.

“Bundan tashqari, Surakmatov testdan muvaffaqiyatsiz o‘tgan. Shunga qaramay, MSK natijalarni qoniqarli deb baholagan. Bu qonunning ochiqdan-ochiq buzilishidir”, dedi u 24.kg nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500