Karvonsaroy

Qirg‘iziston mahalliy saylovlarni mamlakat bo‘ylab bir vaqtda o‘tkazishni taklif etmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan mahalliy saylovlar uchun bir yilda 2 kunni ajratishni taklif qilmoqda. Bu haqda dushanba, 13-avgust kuni 24.kg nashri Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Nuryan Shayldabekovga asoslanib xabar tarqatdi.

Shayldabekova bu taklifni barqaror taraqqiyot bo‘yicha Milliy kengashning dushanga kuni o‘tkazilgan 7-majlisi chog‘ida ilgari surgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy saylovlarning bir yilda ikki marta, mamlakat bo‘ylab bir kunda o‘tkazilishi mablag‘ tejash imkonini beradi. U islohotning qachon kuchga kirishiga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, 3 milliondan oshadigan saylovchilar ro‘yxatiga voyaga yetgan qirg‘iz fuqarolaridan 800 ming nafarini kiritish masalasi ham kun tartibida turibdi. Qolganlar hali biometrik ma’lumotlarini taqdim etmaganlar, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500