Karvonsaroy

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara oldi hududlarini almashishi mumkin

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara oldi hududlarida yer almashish to‘g‘risidagi shartnomani tayyorlamoqda, deb xabar beradi Ozod Evropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) 15-avgust, chorshanba kuni.

Barak qishlog‘i raisi Burkanbek Ashirovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bitim Qirg‘iziston ixtiyoridagi 230 gektarlik hududni qamrab olgan, O‘zbekiston hududi bilan o‘rab olingan Barak ekslavini Andijon viloyatida joylashgan Birleshken qishlog‘i atrofidagi yerga almashishni ko‘zda tutadi.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv tumani Oqtosh qishlog‘i boshqaruvidagi Barak anklavida 20 ga yaqin qirg‘iz oilasi qoladi.

Ashirovga ko‘ra, yer almashish jarayoni ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin.

1991-yildagi sovet ittifoqi parchalanganidan so‘ng, hozirgacha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 1400 kilometrlik chegaraning 85 foizi delimitatsiya qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xozirda qirgizstonga otish havsizmi??

Javob berish