Karvonsaroy

O‘zbekiston va AQSH rasmiylari Toshkentda investitsiya va savdo-sotiq masalalari bo‘yicha muzokara o‘tkazdilar

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSH delegatsiyasi chorshanba- payshanba (15-16-avgust) kunlari savdo-sotiq masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

AQSH savdo vakilining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Mark Linskott rahbarligidagi delegatsiya chorshanba-payshanba kunlari Senat va Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi.

Tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida AQSHga ilk rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan 4,8 milliard dollar (38 trillion so‘m) qiymatidagi sarmoyaviy va savdo bitimlarining ijrosini, shuningdek, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Qo‘shma Shtatlar joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonning eng yirik sarmoyadoriga aylandi. Tomonlarning ta’kidlashicha, umumiy investitsiyalar hajmining 28 foizi aynan ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiylar, shuningdek, oktyabr oyida o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda AQSH biznes haftaligi” tadbirining muhim ekanini alohida ta’kidladilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500