Karvonsaroy

Olmaota ichki ishlar organlari kelinlikka o‘g‘irlangan qizni ozod qildi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Olmaota huquq tartibot idoralari turmushga chiqishga majburlash maqsadida bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan 18 yashar qizni ozod qildi. Bu haqda 14-avgust seshanba kuni 365info.kz nashri Qozog‘iston ichki ishlar vazirligiga (IIV) asoslanib xabar bergan.

IIV xabariga ko‘ra, jinoyatchilar qizning uyiga bostirib kirib uni olib ketganlar, qizga qarindosh bo‘lgan erkakni esa jarohatlaganlar.

Ichki ishlar organlari xodimlari asosiy gumondorni hibsga olganlar, hozirda tergov davom etmoqda.

Kelin o‘g‘irlash – Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida umum e‘tirof etilgan muammolardan biri. May oyi oxirida Qirg‘izistonning Chuy viloyatida talaba qizning uni o‘g‘irlagan shaxs tarafidan o‘ldirilishi norozilik namoyishlari va muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500