Bishkek maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorligi tekshirilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK -- 24.kg axborot agentligining 24-oktabr, chorshanba kungi xabariga ko‘ra, turli davlat idoralari vakillaridan iborat maxsus qo‘shma komissiya yangi o‘quv yili oldidan maktablarni tekshirishga kirishgan.

Komissiya Bishkek shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislaridan tarkib topgan.

Shahar hokimi o‘rinbosari Asel Kulambaevaga ko‘ra, bu kabi komissiyalar har yili Bishkek maktablarining shayligini tekshiruvdan o‘tkazadi.

Shahar hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt maktablari o‘quvchilarga to‘lib ketgan. O‘tgan yili 75975 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktablarda 147160 nafar o‘quvchi tahsil olgan.

Bu yil shahar hokimligi maktablarni ta’mirlash uchun 130 mln. qirg‘iz so‘midan (1,8 mln. AQSH dollari) ortiq mablag‘ ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha