Karvonsaroy

Qirg‘izistonda sayyohlik politsiyasi tuziladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston 2018-yil oxirigacha sayyohlarni himoya qiladigan politsiya bo‘linmalarini tashkil etmoqchi. Bu haqda payshanba, 16-avgust kuni Ichki ishlar vazirligiga asoslanib, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (FRE/RL) xabar berdi.

Bu kabi politsiya kuchlari Tojikiston va O‘zbekistonda allaqachon tashkil etilgan.

Dang‘ara tumanida “Islom davlati” sodir etgani iddao qilingan 4 nafar xorijiy sayyohning o‘ldirilishi bilan bog‘liq 29-iyul kungi voqeadan ko‘p o‘tmay, Tojikistonda turizm politsiyasi tashkil etilgan edi.

O‘zbekistonda esa sayyohlik politsiyasi o‘tgan yilning dekabr oyidan faoliyat yurita boshlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500