Karvonsaroy

Rahmon muhim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Juma, 17-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 1998-yildan beri ilk bor rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Rahmon Toshkentda o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirziyoyev Rahmonning tashrifi “tarixiy” bo‘lishiga umid bildirdi, deb xabar beradi RFE/RL.

Ikki mamlakat “qisqa vaqt ichida uzoq yillar dolzarb bo‘lib kelgan muammolarni hal qilishga muvaffaq bo‘ldilar”, deb qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.

Mirziyoyevning mart oyida Dushanbega amalga oshirgan tashrifi “mamlakatlarimiz o‘rtasidagi rishtalarni tiklab, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berdi”, dedi Rahmon.

Prezidentlar va ularning delegatsiyalari xavfsizlik va iqtisodiyotga oid turli masalalarni muhokama qildilar, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Mirziyoyevning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish uchun yetarli salohiyat mavjud.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500