Karvonsaroy

Tojikiston ichki ishlar organlari velosayyohlarning o‘ldirilishiga aloqador 5 kishini hibsga oldi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston ichki ishlar organlari payshanba (16-avgust) kuni Norak shahrida o‘tgan oy xorijiy velosayyohlarga qarshi sodir etilgan halokatli hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 4 kishini hibsga olganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

29-iyul kuni Dushanbedan taxminan 100 km uzoqlikdagi Dang‘ara tumanida besh kishidan iborat guruh o‘z avtomobilini xorijiy velosipedchilar ustiga haydagan, so‘ng mashinadan chiqib, ikki amerikalik, Shveytsariya va Gollandiya fuqarosini pichoqlab o‘ldirgan. Ikki velosipedchi jarohatlangan.

Hujum uchun javobgarlikni “Islom davlati” (ID) guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Ushbu qotilliklardan keyin Tojikiston huquq-tartibot organlari hujumda gumon qilinganlardan 4 nafarini o‘ldirgan, ularning ehtimoliy rahbari Husayn Abdusamadov qo‘lga olingan.

O‘tgan hafta Norak shahrida ichki ishlar organlarini jinoyat sodir etilishi mumkinligi haqida ogohlantirmagani uchun 5 kishi hibsga olingan, dedi mahalliy rasmiylardan biri Abdurahmon Gulov.

Hujumdan gumon qilingan va ichki ishlar idoralari tomonidan o‘ldirilgan noraklik aka-uka Asliddin va Jafar Yusupovlar hibsga olingan 5 erkakni Whatsapp ilovasi orqali terrorchilik tarmog‘iga qo‘shilishga chaqirganlar.

Rasmiylar shuningdek, Rossiyada yurgan 20 nafar tojik fuqarosini Tojikistonga qaytarish haqida buyruq berganlar. Ular 5 nafar gumondor qotilga aloqadorligi bo‘yicha so‘roq qilinadilar.

Rossiyada mehnat muhojiri bo‘lib ishlagan Abdusamadov bundan taxminan 3 oy avval Tojikistonga qaytgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500