Karvonsaroy

Tojikistonlik sobiq jangari 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Karvonsaroy

XATLON, Tojikiston – Xatlon viloyati sudi Suriyadagi “Islom davlati” (ID) safida jang qilgani uchun sudlangan Tojikiston fuqarosini 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi 17-avgust, juma kuni Asia-Plus nashri Bosh prokuraturaga asoslanib.

Tergovchilarga ko‘ra, Kushoniyon tumanidan bo‘lgan 33 yashar Sultonbek Shodmonov ijtimoiy tarmoqlar orqali ID a‘zolari bilan bog‘langan vaqtida Qozon shahrida mehnat muhojiri bo‘lgan.

Asia-Plus xabariga ko‘ra, u 2009-yilda sudlangan. U qanday jinoyat etgani va joyiga aniqlik kiritilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, u 2004-yilning may oyida Turkiyadan Suriyaga o‘tib, ID safiga qo‘shilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500