Karvonsaroy

Qozog‘iston Rossiyadan benzin import qilishni to‘xtatmoqchi

Karvonsaroy

OSTONA – Rossiyadan Qozog‘istonga benzin importiga qo‘yilgan taqiq 26-avgustdan kuchga kiradi, deb xabar beradi Kazinform dushanba, 20-avgust kuni.

16-avgust kuni “Kazaxstanskaya Pravda” nashrida Qozog‘iston Respublikasi energetika vazirligining iyul oyida qabul qilgan “Qozog‘istonga Rossiyadan neft mahsulotlarini import qilish to‘g‘risidagi” qarori chop etilgan.

Qarorga ko‘ra, ichki bozordagi keragidan ortiq benzin zahiralarini kamaytirish maqsadida Rossiyadan temiryo‘l orqali benzin olib kelinishi uch oy muddatga to‘xtatiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500