Karvonsaroy

O‘zbekiston bosh vaziri YTHga uchrab shifoxonaga yotqizildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yo‘l-transport hodisasiga uchrab, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda dushanba, 20-avgust kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) Ichki ishlar vazirligidagi (IIV) anonim manbaga asoslanib xabar berdi.

Bosh vazir o‘tirgan avtomobil ertalab soat 9 larda Bekobod-Toshkent yo‘lida boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida Aripov yengil tan jarohati olgan.

Rasmiylar voqea tafsilotlarini o‘rganmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500