Karvonsaroy

Toshkent aholisi ilk bor jamoat joylarida bepul internetdan bahramand bo‘lishi mumkin

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekistondagi texnologik kompaniyalardan biri Toshkent shahrida ilk bepul Wi-Fi tarmog‘ini ishga tushirmoqchi, deb xabar beradi Kazinform seshanba, 21-avgust kuni.

Shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashiga ko‘ra, TasNet deb nomlangan tizim Innovo.Tech kompaniyasi tomonidan poytaxtning Sayilgoh ko‘chasida ishga tushiriladi.

U AQSHning Ubiquiti Networks kompaniyasining ilg‘or uskunalari asosida ishlaydi.

Tajriba tariqasidagi loyiha to‘liq Innovo.tech kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, deyiladi Jamoatchilik kengashining Facebook sahifasida. Keyinchalik foydalanuvchilar internet tarmog‘iga ulanganda reklama sotish hisobiga daromad olish ko‘zda tutilgan.

“Tajriba muvaffaqiyatli bo‘lsa, bepul Wi-Fi zonalari Toshkent shahrining boshqa jamoat joylari — turistik maskanlar, bozorlar va xiyobonlarda ham paydo bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Loyiha Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi va shahar turizmni rivojlantirish departamenti ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500