Karvonsaroy

AQSH va qozoq rasmiylari yadro kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdagi choralarni muhokama qildilar

Karvonsaroy

OSTONA – AQSH va Qozog‘iston rasmiylari chorshanba-payshanba (22-23-avgust) kunlari Ostonada yadro kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama qildilar, deb xabar berdi 23-avgust kuni Ostonadagi AQSH elchixonasi.

2006-yilning may oyida ikki mamlakat Qozog‘istonning yadro kontrabandasiga qarshi kurash salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma bayonotni imzolagan edi.

Ikki mamlakat mutaxassislari Qozog‘istonning yadro kontrabandasiga oid holatlarning oldini olish, aniqlash va kurashish salohiyatini baholab, istiqbolda amalga oshirilajak chora-tadbirlarni muhokama qilganlar.

22-23-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilish 2006-yilgi qo‘shma bayonnoma ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan 6-yig‘ilish bo‘ldi. Avvalgi yig‘ilishlar 2009, 2010, 2011, 2013 va 2014-yillarda o‘tkazilgan.

Kelishuv imzolanganidan so‘ng Qozog‘iston “yadro kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy yetakchiga aylandi”, deyiladi AQSH elchixonasi bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500