Karvonsaroy

Qozog‘iston aksilkorrupsiya rasmiylari Ostonada FQB delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi

Karvonsaroy

OSTONA – AQSH Federal qidiruv byurosi delegatsiyasi va Ostonadagi AQSH elchixonasining yuridik bo‘limi a’zolari 28-avgust, seshanba kuni mamlakat poytaxtida Qozog‘istonning aksilkorrupsiya rasmiylari bilan uchrashdilar, deb xabar berdi Kazinform nashri.

Fuqarolik va aksilkorrupsiya agentligining raisi Alik Shpekbayev FQB rahbari o‘rinbosari David Boudich va AQSH delegatsiyasining boshqa a’zolari bilan korrupsiyaga qarshi kurash muammolari va hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shpekbayev Qozog‘istonning davlat xizmatlaridagi islohotlar, shuningdek, o‘z idorasining rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Boudich Shpekbayevga FQB faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berar ekan, korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratdi.

Tomonlar Shpekbayev agentligi xodimlarining FQB akademiyasida malaka oshirishi imkoniyatini ham muhokama qildilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500