Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-29

2018-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo hajmi o‘sdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo hajmi 215,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 24.kg xabariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48 foizga ko‘p.

Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov chorshanba kuni Bishkekda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala mamlakat ham o‘zining iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanmayapti. “Biz yaqin yillarda (yillik) savdo hajmini 500 million dollargacha oshirish imkoniyatiga egamiz”, dedi u.

Rashidov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning sentyabr oyi boshida ishchi tashrif bilan Qirg‘izistonga kelishini tasdiqlagan.

Mirziyoyev 2-sentabr kuni Cho‘lpon Ota shahrida Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida va Issiqko‘p bo‘yida o‘tkaziladigan 3-Jahon ko‘chmanchilik o‘yinlarining ochilishida ishtirok etishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha