Karvonsaroy

O‘zbekistonda 10 yil ichida ilk bor AQSHning nodavlat tashkiloti akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston 10 yildan oshiqroq vaqt ichida birinchi marta AQSHda joylashgan nodavlat tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi 30-avgust kuni Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi.

Adliya vazirligi Vashingtondagi Amerika ta’lim dasturlari va butun dunyo bo‘ylab almashuvlarini amalga oshiruvchi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining mahalliy filialini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Adliya vazirining o‘rinbosari Akbar Toshqulov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlenga ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi sertifikatni topshirdi, deb xabar berdi mahalliy ommaviy axborot vositasi.

“2006-yildan beri ro‘yxatga olingan AQSHga qarashli O‘zbekistondagi ilk nohukumat tashkilot. Tabriklayman”, deb yozdi O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov o‘zining Twitter sahifasida.

AQSH davlat departamenti xabarnomasida aytilishicha, bu voqea Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasida tobora kengayib borayotgan strategik hamkorlik va O‘zbekiston hukumatining mazmunli islohotlar va xalqaro hamkorlikka moyilligini namoyish etadi”, deb aytgan 29-avgust, chorshanba kuni AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Hezer Nauert.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mana, buzgʻunchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot qonuniylashtirildi. Unda AQSHda ham Oʻzbekiston nomidan nodavlat tashkilot ochish kerak, (ikki mamlakatdagi) iqtisodiy va siyosiy holatlarning nomutanosibligini inobatga olganda, nodavlat tashkilotlar mos ravishda Oʻzbekistonda koʻproq boʻlishi kerak.

Javob berish

Men mutlaqo qarshiman Amerika tarafdan ochilayotgan nodavlat tashkilotlarga, sababi ular yaxshi niyatda ochilib, oz vaqtdan keyin O‘zbekistonga qarshi ish boshlaydi, odamlarning ongini zaharlab, davlatga qarshi chiqishlarni uyushtiradi, terrorizmning birinchi qaldirg‘ochi shunaqa tashkilotlar bo‘ladi!!!

Javob berish