Karvonsaroy

Tojikistonda mansabdor shaxslar o‘z mol-mulklari to‘g‘risida majburiy tartibda deklaratsiya topshiradilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston hukumati mansabdor shaxslarga mol-mulk va daromadlari haqida deklaratsiya topshirish talabini qo‘ymoqchi, deb xabar beradi Asia-Plus seshanba, 4-sentabr kuni.

Rasmiylar korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda.

Unga ko‘ra, mansabdor shaxslar o‘z daromadlari, aktivlari, bank hisobraqamlari, qimmatli qog‘ozlar va 25 ming somoniydan (2650 AQSH dollari) ortiq bank kreditlari, shuningdek, oila a’zolarining mol-mulklari haqida majburiy tartibda deklaratsiya topshirishi kerak bo‘ladi, deb ma’lum qildi qonunchilik organidagi manba.

O‘zi va oila a’zolarining daromadlarini yashirgan yoxud deklaratsiya topshirishdan bosh tortgan mansabdor shaxslar ishdan bo‘shatiladi.

Manbaga ko‘ra, mazkur islohot oktabr oyida amalga kiritilishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu ishni ertaroq qilish kerak edi. Endi xalqda hech narsa qolmadi

Javob berish