Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-09-04

Qirg‘izistonda muddatli harbiy xizmatga kuzgi chaqiruv e’lon qilindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonda muddatli harbiy xizmatga kuzgi chaqiruv boshlandi. Bu haqda Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga tayanib, 24.kg nashri xabar berdi. Mamlakatda har yili bahorda va kuzda chaqiruv e’lon qilinadi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, chaqiruv jarayoni noyabr oyi boshigacha davom etadi.

Qonunga ko‘ra, chaqiruv muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan 18-25 yoshdagi erkak fuqarolar mahalliy mudofaa ishlari bo‘limlariga borishlari kerak.

Qo‘mita, birinchi navbatda, oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega 20 va undan yuqori yoshdagi erkak fuqarolarni harbiy xizmatga jalb qilmoqda.

Harbiy xizmatga jalb qilinuvchi kontingent sifatini oshirish maqsadida chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarlik holatini tekshirish va aqliy salohiyatini baholashga qaratilgan test sinovlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan, deyiladi qo‘mita xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha