Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-09-05

Qirg‘izistonlik deputat: “Ekstremizmning oldini olish uchun sud tizimi shaffof bo‘lishi kerak”

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonda sud tizimining shaffofligi jamiyatni ekstremizm va terrorizmdan himoyalashga imkon beradi, dedi mamlakat parlamenti a’zosi Natalya Nikitenko chorshanba, 5-sentabr kuni. Bu haqda 24.kg nashri xabar bermoqda.

Nikitenko bu haqda Bishkekda radikallashuv va zo‘ravonlik ekstremizmining oldini olish maqsadida qamoqxonalarda boshqaruvning xalqaro standartlarini joriy etishga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘lida barcha davlat organlari birgalikda ishlashi kerak.

Jazoni ijro etish tizimida 2019-yilda kuchga kiradigan islohotlar “retsidivizmning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish”ga qaratilgan, dedi Nikitenko.

Jazoni ijro etish davlat xizmati rahbari Taalaybek Japarovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 500 dan ortiq odam ekstremizm yoki terrorizmda ayblanib sudlangan, ularning 200 nafari yopiq qamoqxonalarda saqlanadi.

Qamoqxona ishchilari va mutaxassislar “ekstremizm va terrorizmda ayblanganlar bilan doimiy ish olib bormoqda”, dedi u chorshanba kuni Bishkekda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha