Karvonsaroy

Qirg‘iziston IIV: Ekstremistik guruhlar safida ayollar soni ortib bormoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi (IIV) 5-sentyabr, chorshanba kuni ayollarning ekstremistik guruhlar safiga qo‘shilishi bilan bog‘liq holatlar ko‘payganini ma’lum qildi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

“Bugungi kunda ekstremistik tashkilotlar a’zolarining 7,4 foizini ayollar tashkil etmoqda”, dedi vazirlikning diniy ishlar bo‘yicha departamenti rahbari Erlan Bakiev.

“Terrorchi guruhlar safiga qo‘shilish maqsadida xorijga chiqqan qirg‘izistonliklarning kamida 24,9 foizi – ayollar”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Afsuski, ayollar terrorchi va ekstremistlar saflarini to‘ldirmoqdalar”, dedi u. “Ular erkaklar qatori radikal g‘oyalarni faol ravishda targ‘ib qilib, ayollar guruhlarini tashkil qilmoqdalar”.

“Suriya va Iroqdan qaytgan fuqarolar muammosi ham dolzarbligicha qolmoqda”, dedi u.

Bakievning ta’kidlashicha, diniy ta’lim darajasining pastligi, ota-onalarning e’tiborsizligi va internetning zararli ta’siri yoshlarning radikallashuviga sabab bo‘lmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500