Karvonsaroy

YXHT qozog‘istonlik mutaxassislarni korrupsiya xavfini boshqarishga o‘rgatadi

Karvonsaroy

OSTONA – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Ostonadagi idorasi va Qozogʻiston Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi (ACSA) korrupsiyaviy xavflarni tahlil qilish va boshqarishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi YXHT rasmiy sayti.

11-14-sentyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadigan tadbirda agentlikning 40 nafar rasmiysi ishtirok etishi kutilmoqda.

4 kunlik seminar-trening davomida ishtirokchilar “nazariy va amaliy jihatlarni yoritish orqali korrupsiyaviy xavflarni tahlil qilish va boshqarishning zamonaviy usullari” bilan tanishadilar.

Xalqaro yo‘riqchilar korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy usullarini o‘rgatib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.

“Mazkur trening idoraning Qozog‘istonda korrupsiyaga qarshi kurash choralari bilan samarali boshqaruvga ko‘maklashishga oid ko‘p yillik sa’y-harakatlari mahsulidir”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500