Karvonsaroy

So‘rovnoma: qirg‘iz yoshlarining aksariyati kelin o‘girlanishi muammosidan xabardor

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonlik yoshlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘ra, so‘ralganlarning 50,1 foizi nikohga majburlash maqsadida kelin o‘g‘irlanishi muammosi bilan shaxsan to‘qnash kelgan, deb xabar berdi 10-sentyabr, dushanba kuni 24.kg nashri.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 42 foizi qarindoshlari va tanishlari orasida bu holatga bir necha marta guvoh bo‘lganini aytgan. 6,1 foiz odam bevosita kelin o‘g‘irlanishida ishtirok etganini, 2 foizi esa o‘g‘irlanganlar orasida bo‘lganlarini aytib o‘tishgan, deyiladi Strategik tadqiqotlar milliy instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra.

So‘rovnoma respondetlarining 46,1 foizi esa bunday holatlarga guvoh bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Kelin o‘girlashni jinoyat deb hisoblaysizmi? degan savolga 87 foiz respondent “ha” deb javob bergan, 6,4 foiz ishtirokchi esa bu amaliyotni “qo‘llab-quvvatlashi” va uni “qadriyat hamda urf-odat” deb bilishini aytgan.

10-sentyabr, dushanba kuni Fergana News nashrining O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyevaning Fecebook sahifasiga asoslanib xabar berishicha, O‘zbekistonda uyda yuz bergan zo‘ravonlik haqida xabar berish mumkin bo‘lgan 1146 raqamli ishonch telefoni ishga tushirilgan.

Tarmoq hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda. Unga qo‘ng‘iroq qilganlar og‘ir vaziyatdan chiqib ruhiy, huquqiy va tibbiy yordam olishlari mumkin, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500