Karvonsaroy

Qirg‘iziston odam savdosiga qarshi 100 kunlik kampaniya boshladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati “Odam savdosiga qarshi 100 kun” deb nomlangan kampaniyani boshladi, deb xabar berdi 10-sentyabr, dushanba kuni 24.kg nashri Yoshlar, jismoniy tarbiya va sport ishlari davlat agentligi bergan ma’lumotga asoslanib.

10-sentyabrdan 10-dekabrgacha davom etadigan tadbir Qirg‘izistonda odam savdosi va tartibga solinmagan migratsiyaga nisbatan jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Hukumatga ko‘ra, odam savdosi bilan bog‘liq muammolar jinsiy ekspluatatsiya, voyaga yetmaganlarni nikohga majburlash, bolalardan turli og‘ir mehnatda foydalanish va ularga nisbatan zo‘ravonlik kabilarni o‘z ichiga oladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500