Karvonsaroy

Diniy erkinlik masalalari bo‘yicha AQSH elchisi O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashadi

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – AQSHning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek uch mamlakatga uyushtirajak safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSH Davlat departamentining 10-sentabr, dushanba kuni bergan bayonotida ma’lum qilindi.

Braunbek O‘zbekiston, Ukraina va Polshaga tashrif buyurib, diniy va etnik guruhlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Tashriflar sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashuvda Braunbek mamlakatda diniy erkinlik sohasidagi so‘nggi ijobiy qadamlarini muhokama qilish va qonunchilik islohoti masalasida uchrashuvlar o‘tkazadi, deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500