Karvonsaroy

Tojik desantchilari AQSHda “Mintaqaviy hamkorlik - 2018” o‘quv mashqlarida ishtirok etadilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – 10-21-sentyabr kunlari Massachusetsda o‘tkaziladigan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etuvchi bir guruh tojikistonlik desantchilar AQSHda bo‘lib turibdi, deb xabar berdi Asia-Plus nashri 11-sentyabr, seshanba kuni.

Pentagon bayonotiga ko‘ra, “Mintaqaviy hamkorlik - 2018” mashqlarida Markaziy va Janubiy Osiyo, jumladan, Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan kelgan 200 dan ortiq askarlar ishtirok etmoqda.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan mashqlar Massachusets shtatida o‘tkazilmoqda.

Mashqlar o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikni rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilar terrorizm, giyohvand moddalar kontrabandasi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishni o‘rganmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500