Karvonsaroy

Qirg‘izistonda 16 ta ekstremistik sayt bloklandi: radikalizmga qarshi kurash choralari davom etmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GNKB) va ichki ishlar vazirligining ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha (MVD) 10-sonli bosh boshqarmasi ekstremistik mazmundagi 16 sayt faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda chorshanba (12-sentabr) kuni Bishkek rasmiylariga tayanib, 24.kg nashri xabar berdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan taqiqlangan materiallar bo‘lgan 51 ta axborot resursi aniqlangan va taqiqlangan adabiyotlarni saqlashda ayblangan 40 nafar gumondor qo‘lga olingan.

Rasmiylar shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda 8 ta akkaunt bloklanganini ma’lum qilganlar.

Shu bilan birga, chorshanba kuni Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi (GKDR) direktori o‘rinbosari Zokir Chotaev Qirg‘iziston yoshlari orasida radikalizmning oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi maktab va universitetlarda radikalizm va ekstremizmning oldini olishga oid ma’ruzalar, shuningdek, diniy va huquqiy masalalarni yoritishga bag‘ishlangan uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

“(Biz) tinglovchilarga diniy erkinlik ta’minlangan dunyoviy davlatda yashayotganimizni, dinni radikal ekstremistik harakatlar bilan adashtirmaslik kerakligini uqtiramiz”, dedi Chotaev Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

“Shuningdek, ma‘ruzachilar bu kabi guruhlarga qo‘shilmaslikni, bu ish uchun jinoiy javobgarlik borligini tushuntiradilar”, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500