Karvonsaroy

Korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘lga kiritilgan mablag‘lar Qirg‘iziston hukumat g‘aznasini to‘ldiradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston korrupsiyani qoplash fondida 3-iyulda tashkillashtirilganidan keyin 395,6 million qirg‘iz so‘mi (5,6 million AQSH dollari) miqdorida mablag‘ to‘plangan, deb xabar berdi 24.kg nashri 13-sentabr, payshanba kuni moliya vazirligi xabariga asosan.

Hisobda korrupsiyaga qarshi ishlarda qo‘lga kiritilgan mablag‘lar, va iqtisodiy jinoyatlar va lavozimni suiste’mol qilish hollarda hukumatga yetkazilgan zararni qoplashdan tushgan mablag‘lar mavjud.

Bu hisobga turli tashkilotlardan mablag‘ kelib tushgan.

Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish davlat xizmati bu fondga jami 161,6 million qirg‘iz so‘mi (2,3 million AQSH dollari) miqdorida eng katta mablag‘ ajratdi, deb xabar berdi vazirlik.

Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi (GKNB), bosh prokuratura va ichki ishlar vazirligi (MVD) bu hisobga musodara qilingan pullarni o‘tkazgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500